2025 yil noyabr oyi oxirida Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Gulshan Alimardonova mamlakat tarixida oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi ayol karatechi bo‘ldi. 19 yoshli Alimardonova 50 kg vazn toifasida raqiblarini mag‘lub etib, O‘zbekistonni ayollar karatesida yangi global kuch sifatida tanitdi.
Gulshan Alimardonovaning 2025 yili Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha WKF 2025 jahon chempionatida (27–30 noyabr) g‘alabasi mamlakatda yakka kurash sporti rivojida burilish nuqtasini belgilab beradi. Ungacha O‘zbekistonda karate bo‘yicha faqat bitta jahon chempioni bor edi — Dastonbek Otabolayev (2021). Endi Gulshan Alimardonova unga qo‘shildi va jahon miqyosida o‘zbek ayollar sportining elchisiga aylandi.
50 kg (kumite) vazn toifasidagi finalda Alimardonova malayziyalik karatechi Shahmalarani Chandranga qarshi to‘qnash keldi. O‘zbekistonlik sportchi jangda ustunlik qildi va 6:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi, bu uning yuqori texnik mahorati va jangovar tajribasidan dalolat edi.
Gulshan Alimardonova 2006 yil 19 yanvarda tug‘ilgan va gilamda kechadigan jang turlaridan bir turi bo‘lmish — kumite bilan shug‘ullanadi.
Jahon chempionligiga yo‘l uzoq va mashaqqatli bo‘ldi. 2024 yil iyun oyida Alimardonova BRIKS o‘yinlarida finalda xitoylik Yu Sega yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Keyin, 2024 yil sentyabr oyida u Osiyo karate chempionatida tayvanlik Syao Yun-Chenni mag‘lub etib, g‘olib chiqdi. 2025 yil may oyida Gulshan Osiyo chempionatida yana birinchi o‘rinni egallab, o‘sha Shahmalarani Chandranni mag‘lub etib, Osiyo mintaqasida o‘zining ustunligini tasdiqladi.
Qohirada g‘alaba qozonishidan atigi ikki hafta oldin, 2025 yil noyabr oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarida (16–21 noyabr) Alimardonova finalda eronlik Sara Baxmanyarga 4:6 hisobida yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Bu mag‘lubiyat, ehtimol, revansh va Qohirada bo‘lib o‘tgan yilning asosiy musobaqasida g‘alaba qozonish uchun motivatsiya bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.
Yosh bo‘lishiga qaramay, Gulshan Alimardonova xalqaro turnirlarda anchadan beri barqaror mahoratini namoyish etib keladi. Ikki yil ichida u nufuzli qit’a chempionatlarida uchta medalni qo‘lga kiritdi va global miqyosda raqobatbardoshligini isbotladi.
O‘zbek karatechisining g‘alabasi mamlakatning ayollar sportini rivojlantirish va jangovor yakka kurashda yosh iste’dodlarni tayyorlashga bo‘lgan e’tiborining ortib borayotganidan darak beradi.
Dzyudo, boks va erkin kurashdagi muvaffaqiyatlardan so‘ng, karate O‘zbekiston uchun jahon arenasida yetakchilikka da’vo qilayotgan yangi yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Gulshan Alimardonovaning yutug‘i o‘zbek ayollar karatesi uchun yangi ufqlarni ochadi. Uning keyingi yirik musobaqalari 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiada o‘yinlariga saralash turnirlari bo‘lib, u yerda karate Olimpiya sport turi sanaladi. Chempionning yoshligi barchada uning bo‘lajak jahon chempionatlari va xalqaro musobaqalarda g‘alaba qozonishi va chempionlikni himoya qilishiga umid uyg‘otadi.
-
25 noyabr25.11«Farg‘ona men uchun chindanam qadrdon shaharga aylandi»«Neftchi» murabbiyi Vitaliy Levchenkoning chempionlarcha ekspress sharhi -
03 noyabr03.11O‘zbekistonni quvib yetish maqsadidaAlisher Aminov Qozog‘iston futbolining muammolari va ularni halqilish rejalari haqida -
02 dekabr02.12Video«Armiya mavzusini qo‘zg‘amaslikni so‘rashdi»YouTubeda tinchlik davrida halok bo‘lgan qozog‘istonlik askarlar haqida film e’lon qilindi -
28 noyabr28.11S5 uchun Ozarbayjon ilovasiIlhоm Aliyev Markaziy Osiyo uchun begona emas -
24 noyabr24.11Mana sizga — yangi burilishRossiyalik olimlar Markaziy Osiyoni Sibir daryolari yordamida sug‘orish loyihasini qayta tiklamoqchilar -
17 noyabr17.11FotoChoponlar davriToshkentda bo‘lib o‘tgan Chopon Fest 2025 festivali tarix, dizayn va zamonaviy davr ritmlarini uyg‘unlashtirdi



