Janubiy Koreya noqonuniy maqomga ega chet elliklar uchun jarima yoki qayta kirish cheklovlarisiz mamlakatni ixtiyoriy tark etish borasida 90 kunlik maxsus dasturni ishga tushirdi, deb xabar beradi mamlakat Adliya vazirligi matbuot xizmati.
«Noqonuniy yashovchi chet elliklarning mamlakatni ixtiyoriy tark etish tartibi» 2025 yil 1 dekabrdan 2026 yil 28 fevralgacha amal qiladi. Undan noqonuniy maqomga ega bo‘lgan holda, ariza topshirgan va belgilangan muddat ichida mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan chet elliklar foydalanishi mumkin.
Dastur chegarani noqonuniy kesib o‘tgan, soxta yoki o‘zgartirilgan pasportlardan foydalangan, jinoiy huquqbuzarlik sodir etgan yoki chiqish buyrug‘iga rioya qilmaganlik uchun majburiy deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan chet elliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Dastur shuningdek, 1 dekabrdan so‘ng, ya’ni dasturning amal qilish muddati davomida noqonuniy maqomga kirib qolgan fuqarolarga ham taalluqli bo‘lmaydi.
Dasturdan foydalanishni istaganlar jo‘nab ketishdan 3-15 kun oldin yashash manzilidagi immigratsiya bo‘limiga shaxsan ariza topshirishlari kerak. Ular shaxsiy ma’lumotlari, manzili, rejalashtirilgan jo‘nab ketish sanasi, aeroporti va parvoz raqami ko‘rsatilgan amaldagi pasport va aviachiptani taqdim etishlari shart.
Adliya vazirligi noqonuniy migrantlarni aniqlash bo‘yicha reydlar maxsus dastur davomida davom etishi haqida ogohlantirdi. Bunday tekshiruvlar natijasida hibsga olingan chet elliklar imtiyozli ixtiyoriy ketish rejimidan foydalanish, deportatsiya bo‘lish va keyinchalik kirishi taqiqlanishi kabi majburiy choralarga duchor bo‘ladilar.
ℹ️ So‘nggi yillarda Janubiy Koreya chet elda ishlashni istagan Markaziy Osiyo fuqarolari uchun mashhur yo‘nalishga aylandi. O‘zbekiston fuqarolari ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. 2025 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, mamlakatda 98 457 nafar o‘zbekistonlik fuqaro bo‘lgan.
Noyabr oyi oxirida foiz jihatidan miqdor quyidagicha: Janubiy Koreyadagi chet elliklar umumiy sonining 34,4% — Xitoy fuqarolari, 12,5% — Vetnam fuqarolari, 6,9% — AQSH fuqarolari, 6,0% — Tailand fuqarolari, 3,6% — O‘zbekiston fuqarolari, 3,2% — Nepal fuqarolari va boshqalar.
Oktyabr oyida Koreyada o‘qish, ishlash yoki turizm maqsadida kelgan chet elliklarning umumiy soni 2,8 milliondan oshgan. Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu COVID-19 pandemiyasi tugaganidan so‘ng chet elliklar oqimi qayta tiklanganidan keyingi yangi tarixiy maksimumdir.
