Qozog‘istonning Ridder shahridagi Mangu olovda tovuq qovurgan vandallar qidirilmoqda

noks.kz sayti fotosurati

Qozog‘iston sharqida joylashgan Ridder shahri politsiyasi Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga o‘rnatilgan Shon-sharaf yodgorligidagi Mangu olovda tovuq qovurgan vandallarni qidirmoqda. Bu haqda Noks.kz sayti xabar berdi.

Mahalliy aholidan biri 4 dekabr kuni erta tongda vandalizmni payqagan. U ijtimoiy tarmoqlarda olov yonida qo‘yilgan tovuq bo‘laklarining fotosuratini va rasmiylarga murojaatini joylashtirgan.

«Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Shahardagi kameralar ishlayaptimi yoki yo‘qmi? Mangu olovda tovuq qovurishyapti! Shahar ma’muriyati, politsiya, qayerga qarayapsizlar? Mangu olov atrofi axlatga to‘la, qor tozalanmayapti. Xotiramizni zo‘r saqlayapmiz! Iltimos, bunga e’tibor bering!», — deb yozgan ayol.

Xabarda yaqin atrofda vandallar yo‘qligi aytilgan. Mahalliy ayol pishmagan tovuq bo‘laklarini yaqin atrofdagi axlat qutisiga tashlagan. Mahalliy kommunal xizmati xodimlari uning iltimosiga darhol javob berishdi. Ular yodgorlik atrofidagi qorni tozalab, yulduzni tez orada kukundan tozalashga va’da berishdi.

Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 294-moddasi «Vandalizm» 200 OHK (oylik hisob ko‘rsatkichi) gacha jarima — bu 1500 dollardan ortiq summa — axloq tuzatish va jamoat ishlari, hibsga olish, uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.

2024 yil bahorida Pavlodar shahridagi Shon-sharaf yodgorligining Mangu olov yulduzini mast holda buzib tashlagan hibsga oldi. Yodgorlik 24 soat ichida qayta tiklandi. O‘sha yilning kuzida politsiya Zerenda qishlog‘ida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari yodgorligini tahqirlagan vandalni qo‘lga oldi.