Sirdaryo viloyatida Vengriya tajribasiga asosida «aqlli qishloq» pilot loyihasi ishga tushiriladi

Majlisda. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati fotosurati

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Vengriya tajribasiga asoslangan «aqlli qishloq» pilot loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Unda mahallalarga ajratilayotgan mablag‘lar shaffofligi, xavfsizlik, ekologik holat, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik imkoniyatlari haqidagi ma'lumotlar ochiq raqamli tizim orqali aholiga yetkazib boriladi. Sinov loyihasi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilindi, deb xabar beradi prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

O‘tgan yili Sirdaryo viloyati iqtisodiyoti 9,8% ga o‘sdi. Viloyat sanoat o‘sishi bo‘yicha mamlakatda to‘rtinchi o‘rinni yegalladi va 8,2% ga o‘sdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot (YaHM) 38 million so‘mdan (3100 dollar) oshdi. Shuningdek, 333 million dollardan ortiq qiymatdagi qirq ikkita yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va 17 500 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Biroq, davlat rahbari ta'kidlaganidek, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslik kerak. Yangi tashabbuslarni amalga oshirish va investorlarni jalb qilish kerak. Viloyat xitoylik tadbirkorlar bilan faol hamkorlik qilayotgani ma'lum. Biroq, bu hamkorlik geografiyasi kengayib bormoqda: mahalliy mulozimlarning Koreya, Yaponiya va Malayziyaga tashriflari davomida yuz millionlab dollarlik loyihalar ishlab chiqildi. Bundan tashqari, frantsuz kompaniyasi Bonduelle Yangiyerda oziq-ovqat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Mirziyoyev joriy yili viloyatga 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Buning hisobiga yalpi hududiy mahsulotni 9 foizga, sanoatni 8,2 foizga, xizmatlar sohasini 15,4 foizga, qishloq xo‘jaligini 6,8 foizga va qurilish hajmini 15 foizga oshirish rejalashtirilgan.

2025 yili viloyatda kambag‘allik darajasi 11,3 foizdan 6,2 foizga kamaydi. Bu sohadagi ishlar davom etadi. Xususan, biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m (820,5 million dollar) ajratiladi, maqsad 185 ming kishini ish bilan ta'minlash va ishsizlik va kambag‘allikni mos ravishda 4,6 foiz va 3 foizgacha kamaytirishdir. Bundan tashqari, maqsad Guliston, Shirin, Yangiyer, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

Mahalliy hokimiyat organlari 47 ta maktab, 45 ta bolalar bog‘chasi, 35 ta tibbiyot muassasasi va 18 ta sport va madaniyat inshootini ta'mirlash uchun 100 million dollar oladi. Muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish doirasida joriy yilda 349 kilometr elektr tarmoqlari qurish, 99 ta transformator o‘rnatish, shuningdek, suv tarmoqlarini kengaytirish hisobiga aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasini 89,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Viloyatda uy-joy qurilishi jadal davom ettirilmoqda. 2026 yili 3,5 ming xonadondan iborat 80 ta ko‘p qavatli uy qurish, jumladan, 1,5 ming xonadonni «Yangi O‘zbekiston» massivlarida barpo etish hamda renovatsiya dasturi asosida yangi uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Prezident qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdi. Sirdaryoda boshqa hududlarga nisbatan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ekin maydonlari yuqori ekani ta'kidlandi. Shunga qaramay, meva-sabzavot eksporti 60 million dollardan oshmaydi. Shuning uchun, daromadli yer uchastkalarini o‘zlashtirib, ularni mahalliy aholiga tayyor biznes sifatida taklif qiladigan «Sirdaryo agro invest» korxonasi tashkil etiladi.

Yig‘ilish yakunida Mirziyoyev mutasaddilarga bir qator aniq topshiriqlar berdi:

👉 Guliston shahridagi «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasida kamida 5 ming ish o‘rinli investitsiya loyihalarini joylashtirish;

👉 quyosh panellari ishlab chiqarish bo‘yicha 100 million dollarlik loyihani ishga tushirish va «Feruz» podstantsiyasi transformatorlarini modernizatsiya qilish;

👉 Boyovut tumanida «Sultonhovuz» suv ombori qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish;

👉 Mirzaobod tumanida anorni saqlash va qayta ishlash agromajmuasini tashkil;

👉 xalqaro standartlar asosida malakani baholash markazlarini tashkil etish va kamida 2 ming yoshni kasb-hunarga tayyorlash.