AQShlik futbolchi Qirg‘iziston klubida o‘ynaydi

Kaleb Kopitin. Kaleb Kopitin ijtimoiy tarmog‘idagi fotosurat

16 yoshli amerikalik futbolchi Kaleb Kopitin Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tdi va «Ilbirs» klubida qo‘shildi. Bu haqda Kyrgyz Football klub matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

«Ilbirs» futbolchini ommaga tanishtirdi . Jamoa Qirg‘iziston o‘smirlar terma jamoasining o‘zagi hisoblanadi.

Kopitin ilgari Qirg‘iziston U-17 terma jamoasi tarkibida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etgan va gol ham urgan. Bunday o‘yinlarga sport fuqaroligini o‘zgartirmasdan ham ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, FIFA qoidalariga ko‘ra, kamdan-kam holatlardan tashqari, futbolchi 18 yoshga to‘lgunga qadar xorijiy klub bilan shartnoma imzolay olmaydi. Shuning uchun Kaleb nafaqat Qirg‘iziston fuqaroligini oldi, balki sport fuqaroligini ham o‘zgartirdi.

Kaleb Kopitin qirg‘iz immigrantlarining avlodi, shuning uchun u soddalashtirilgan tartibda Qirg‘iziston pasportini olgan va FIFA bunday hollarda sport fuqaroligidagi o‘zgarishlarga aralashmaydi.

Shuni ta'kidlash joiz, respublikada tug‘ilgan yoki ularning avlodi sanalgan boshqa mamlakatlar fuqarolari ko‘pincha Qirg‘iziston terma jamoasida o‘ynagan. Ular orasida nemislardan — Kimi va Kay Merk, Aleksandr Mishchenko, Edgar Bernxardt, Viktor Mayer, Vitaliy Lyuks, Nikolay Davidov va rossiyalik Anton Kochenkov bor.