Jurnalist Andrey Kudryashov (Toshkent) uchun shoshilinch mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshladik

Do‘stlar, sizlardan yordam so‘rab murojaat qilmoqdamiz. Gap do‘stimiz va hamkasbimiz, taniqli toshkentlik jurnalist va fotograf, «Farg‘ona» xalqaro axborot agentligining doimiy muxbiri Andrey Kudryashovn hayoti va sog‘lig‘i haqida ketmoqda.

2 mart kuni Andrey tez yordam mashinasida «katta yurak xuruji» tashxisi bilan 16-Toshkent shahar kasalxonasiga olib ketildi. Hozirda u reanimatsiyada, shifokorlar uning ahvolini «barqaror og‘ir» deya baholamoqda.

Andreyni ko‘rishga hech kimga ruxsat berilmagan, ammo biz uning shifokorlari bilan gaplasha oldik. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda uning yuragiga qon oqimini tiklash va Andreyning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun qon tomirlarida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur.

Afsuski, Andreyning pullik tibbiy sug‘urtasi yo‘q va davolanish narxi juda yuqori: birgina jarrohlik amaliyoti keyingi dori-darmonlar va reabilitatsiya xarajatlarini hisobga olmaganda kamida 4000 dollarga tushadi.

Andrey 2004 yildan beri ishlab kelayotgan «Farg‘ona» axborot agentligi tahririyati uning davolanish xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Biroq, yordamingizga muhtojmiz. Har qanday summa, shuningdek, zarur mablag‘larni yig‘ish tezligi ham muhimdir.

Iltimos, pul o‘tkazmasini amalga oshirayotganda ushbu yozuvni ko‘rsating: «Andrey Kudryashovni davolash uchun»/«Treatment of Andrey Kudryashov».

Qanday yordam berish mumkin?

▫️O‘zbekistondagi xayriyalar uchun (so‘mda, o‘tkazma maqsadi «pullik yordam»):

Karta 9860 1701 1265 8118, Ipak Yo’li Banki

VLADISLAV PLATONOV

▫️Rubdagi xayriyalar uchun (Rossiya):

Ushbu telefon nomeri orqali pul o‘tkazmasi +7 903 770‑79‑79

Bank: Rayffayzenbank

Oluvchi: Daniil K.

▫️Halqaro pul o‘tkazmalari uchun (Evropa, yevro):

PayPal: dan.fergana@gmail.com – Daniil Kislov

Wise IBAN: BE69 9673 3831 8178 – Daniil Kislov

Agar moliyaviy yordam ko‘rsata olmasangiz, ushbu ma'lumotni tarqatishingizni so‘raymiz: ushbu xabarni yuborish ham qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Barcha savollar uchun kontakt:

Daniil Kislov, «Farg‘ona» axborot agentligi bosh muharriri.

Telegram, WhatsApp: +34 650 47 10 07

E-mail: dan.kislov@gmail.com