Konstitutsiyaviy sud To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi

Oqo‘rda matbuot xizmati fotosurati

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi qaroriga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yana davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yish imkoni berildi.

Hujjatga muvofiq, yangi Konstitutsiya qo‘llanilganda 1995 yilgi Konstitutsiya amal qilgan davrda tegishli lavozimlarda bo‘lgan muddatlar hisobga olinmaydi.

Sudda tushuntirilishicha, cheklovlar (jumladan, lavozimda bo‘lish muddati bo‘yicha) faqat 2026 yilgi Konstitutsiya kuchga kirganidan so‘ng amalga oshirilgan saylov va tayinlovlarga tatbiq etiladi.

Avvalgi Asosiy qonun bo‘yicha davlat lavozimlarini egallagan shaxslar konstitutsiyaviy islohotdan so‘ng yana saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Bunda bu holat birinchi saylov yoki tayinlov sifatida ko‘rib chiqiladi.

Shu tariqa, amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zi boshlagan konstitutsiyaviy islohot natijasida prezidentlik muddati bir marta yetti yil bilan cheklangan bo‘lsa-da, davlat rahbari lavozimiga yana nomzodini qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

To‘qayevning hozirgi prezidentlik muddati 2022 yil 20 noyabrdan boshlangan va 2029 yil noyabrida yakunlanishi kerak.

Mamlakatning yangi Asosiy qonuni mart oyida referendumda ma’qullangan va joriy yil 1 iyuldan kuchga kirgan. U davlat tuzilishining yangi tizimini, jumladan, bir palatali parlamentga o‘tishni ham belgilab beradi.

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Rossiya matbuoti «nato» snaryadlari tufayli Qozog‘istonga hujum qila boshladi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • YouTubeda tinchlik davrida halok bo‘lgan qozog‘istonlik askarlar haqida film e’lon qilindi