O'zbekiston bir vaqtning o'zida bir nechta bozorlarda o'z ishtirokini mustahkamlagan holda Ukraina qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy xaridorlaridan biriga aylanmoqda. Joriy marketing yilining birinchi uchta kvartali yakunlariga ko'ra, Markaziy Osiyo respublikasi Ukraina shakarining eng yirik xorijiy importchilaridan biriga aylangan va mazkur mahslotning 12 foizini sotib olgan.
Xuddi shu davrda Ukraina 504 ming tonna shakar eksport qilgan. O'zbekistondan tashqari asosiy xaridorlar Livan (21%), Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (18%) va Suriya (14%) bo'lib, eksportning yarmiga yaqini Yaqin Sharq mamlakatlariga to'g'ri keladi.
Open4business.com.ua nashri keltirgan ekspertlar O'zbekiston tomonidan talab ortib borayotganini logistika yo'nalishlarining o'zgarishi va Birlashgan Arab Amirliklaridan mintaqa mamlakatlariga shakar yetkazib berishning qisqarishi bilan bog'lashadi. Bu, ularning hisob-kitoblariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda Ukraina shakarining asosiy bozorlaridan biri sifatidagi roli mustahkamlanganidan dalolat beradi
Shu bilan birga, O'zbekiston Ukrainaning muzlatilgan qoramol go'shti bo'yicha yetakchi xaridori bo'lib qolmoqda. Agrotimes.ua nashri keltirgan Ukraina Davlat bojxona xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yilning yanvarь-aprelь oylarida respublika ushbu mahsulot import qiluvchilari orasida Ozarbayjondan (39,1 foiz) so'ng 28,1 foiz ulush bilan ikkinchi o'rinni egallagan va hatto Xitoydan (11,2 foiz) o'zib ketgan. Umuman olganda, to'rt oy davomida Ukraina xorijga 5,7 ming tonna muzlatilgan mol go'shti yetkazib bergan – bu ko'rsatgich bir yil oldingiga nisbatan 6,6 foizga kam, ammo pul ko'rinishida eksport 13,1 foizga oshib, 25,9 million dollarni tashkil etgan.



