Qozog‘istonda reper Navaiga nisbatan jinoyat ishi tugatildi, u Rossiyaga uchib ketdi

Rossiyalik reper Navay Bakirov (Navai)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish tugatildi, xonanda Qozog‘istondan chiqarib yuborildi. Bu haqda Jambil viloyati politsiya departamentiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

«Kelib tushayotgan so‘rovlar munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, Rossiyalik rep ijrochisiga nisbatan jinoyat ishi uning huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani va qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgani inobatga olinib, jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga muvofiq reabilitatsiya qilishga asos bo‘lmaydigan holatlar bo‘yicha tugatildi», — deyiladi politsiya departamenti xabarida.

Prokuratura sud qarorini tasdiqladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Navai Rossiyaga uchib ketgan.

Avvalroq xonandaning advokati Rena Kerimova ma’lum qilishicha, uning himoyasi ostidagi shaxs Navai ishiga o‘xshash ko‘plab ishlar bo‘yicha belgilangan 5000 oylik hisob ko‘rsatkichi miqdoridagi jarimani to‘lashga tayyor bo‘lgan. Bu 21 million tengedan ortiq — 3,9 million rubl yoki 46,4 ming dollarga teng. Bundan tashqari, reperning himoyasi uni garov evaziga ozod qilishga erishishga harakat qilgan.

Navay Bakirov (Navai) HammAli & Navai dueti ishtirokchisi sifatida, shuningdek, «Pustite menya na tanspol», «Pryatki» va «Devochka-voyna» kabi yakkaxon qo‘shiqlari orqali tanilgan. Reper 13 oktyabr kuni Qozog‘istonga kirib kelayotganida «Qorday» chegara punktida ushlangan. Navai mingan avtomobil ko‘zdan kechirilganda, politsiya xodimlari va chegarachilar giyohvand moddani aniqlab, musodara qilgan. Xonanda vaqtincha saqlash izolatoriga joylashtirilgan. Keyinroq sud uni ikki oy muddatga qamoqqa olishga ruxsat bergandi.

  • O‘zbekiston maktab islohotini xorijiy tajribalar asosida qanday shakllantirayotgani haqida

  • 150 dan ortiq huquq himoyachilari, faollar va jurnalistlar Yuliya Yemelyanova va Mansur Movlayevni Rossiyaga ekstraditsiya qilishga qarshi bayonotni imzoladilar

  • Toliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi