Qozog'iston Sport vazirligi shaxmatchi Bibisara Asaubayeva tanqidiga munosabat bildirdi

vlast.kz sayti fotosurati

Qozog'iston Turizm va sport vazirligi shaxmatchi Bibisara Asaubayevaning shikoyatlariga javob berdi, u ilgari prezident Qosim-Jomart To'qayevga maoshning qisqarishi, moliyalashtirish muammolari va davlat mukofoti kechiktirilayotgani bo'yicha murojaat qilgan edi, deb xabar beradi Vlast.kz.

Shoshilinch matbuot anjumanida Sport vaziri o'rinbosari Serik Jarasbayev 2026 yili Asaubayeva turli manbalardan taxminan 210 million tenge (430 000 dollar) miqdorida yordam olganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, moliyalashtirish Qozog'iston shaxmat federatsiyasi, Sport Qory sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshirilgan.

Shu bilan birga Jarasbayev vazirlik resurslari ancha cheklanganini ta'kidladi. Vazirlik Qozog'istondagi deyarli barcha federatsiyalarni, jumladan, yirik xalqaro sport loyihalarini Sport va turizmni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi orqali moliyalashtiradi.

«Menimcha, bitta sportchi uchun, mashg'ulotlar uchun, bu pul, hech bo'lmaganda, sportchining yuqori xalqaro darajada raqobatlashishi uchun yetarli bo'lishi kerak», — deya mulozim so'zlarini keltiradi «Kursiv.kz».

Davlat mukofotiga kelsak (Bibisara Asaubayeva II darajali «Barыs» ordenini olish uchun Ostonaga uch marta uchib kelganini aytadi, ammo marosim har safar qoldirilgan), Sport vazirligi hozirda uni «sportchining bandligi sabab» shaxmatchiga topshira olmayapti, deb ta'kidlaydi vazir o'rinbosari. U mukofot Asaubayeva Qozog'istonga kelishi bilanoq topshirilishiga umid bildirdi.

Bibisara Asaubayeva mustaqil Qozog'iston tarixidagi eng muvaffaqiyatli shaxmatchilardan biri hisoblanadi. Tarazda tug'ilgan va FIDE xalqaro grossmeysteri uch marta (2021, 2022 va 2025 yillari) Jahon blits chempionatida g'olib chiqqan va ayollar shaxmati tarixida ushbu unvonning eng yosh sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u rapid bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan, Osiyo chempionatida g'olib chiqdqanva FIDE ayollar nomzodlari turnirida ikkinchi o'rinni egallagan. Assaubayeva ayollar o'rtasidagi jahon shaxmat toji uchun asosiy saralash turniriga yo'lllanmani qo'lga kiritgan Qozog'istonning birinchi vakili bo'ladi.

Bir kun oldin sportchi Qozog'iston sport rasmiylarini tanqid qilgandi. Shunga o'xshash shikoyatlar ilgari figurali uchish bo'yicha Olimpiya chempioni Mixail Shaydorov tomonidan ham bildirilgan edi, u ham to'lovlar kechikayotgani va byurokratik muammolardan shikoyat qilgandi.